Bitiruv malakaviy ishi (diplom ishi) tayyorlash
Mavzu va rejangizni kiritasiz — sun'iy intellekt rejani tahlil qilib, aniqlashtiruvchi savollar beradi va BMIni to'liq tuzilmasi bilan tayyorlaydi. To'lashdan oldin muqova, mundarija va kirishni bepul ko'rasiz.
✓ Muqova, mundarija va kirish — to'lovdan oldin bepul
Bitiruv malakaviy ishi (BMI) — narxi
| Hajm | Narx |
|---|---|
| 50–59 bet | 199 200 so'm |
| 60–69 bet | 239 200 so'm |
| 70–79 bet | 279 200 so'm |
| 80–89 bet | 319 200 so'm |
Hajm odatda 50–80 bet. OsonTopshir'da 50 dan 89 betgacha tanlash mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi (BMI) — namuna
Buyurtma berayotganda o'z mavzuingiz bo'yicha muqova, to'liq mundarija va kirish qismini bepul olasiz — to'lashdan oldin ish qanday chiqishini ko'rasiz.
Bitiruv malakaviy ishi (BMI) — titul varag'i (yuzi) namunasi
Titul varag'ining birinchi sahifasi. Kvadrat qavs ichidagi joylarga o'z ma'lumotlaringizni yozasiz — OsonTopshir buni buyurtmadagi ma'lumotlardan o'zi to'ldiradi.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
[Oliy ta'lim muassasasi nomi]
[Fakultet nomi]
[Kafedra nomi]
[ta'lim yo'nalishi shifri va nomi]
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
[Ish mavzusi]
- Bajardi:
- [guruh] guruh bitiruvchisi [F.I.Sh.]
- Ilmiy rahbar:
- [ilmiy daraja, F.I.Sh.]
- Himoyaga ruxsat etildi:
- kafedra mudiri ______ [F.I.Sh.]
[Shahar] — 2026
Bitiruv malakaviy ishi qanday yoziladi: tuzilmasi
- Titul varag'iVazirlik, OTM, fakultet, kafedra, yo'nalish, mavzu, bajaruvchi, ilmiy rahbar, himoyaga ruxsat.
- AnnotatsiyaIshning qisqa mazmuni (ba'zi OTMlarda o'zbek va ingliz tillarida).
- MundarijaBoblar, paragraflar va sahifalar.
- Kirish (3–5 bet)Dolzarblik, o'rganilganlik darajasi, maqsad va vazifalar, obyekt va predmet, usullar, ilmiy va amaliy ahamiyati.
- I bob — nazariy asoslarAdabiyotlar tahlili va tushunchalar.
- II bob — tahlilObyektning hozirgi holati, raqamlar, jadvallar.
- III bob — takomillashtirish yo'llariTakliflar va ularning asoslanishi.
- Xulosa va takliflarHar bir vazifa bo'yicha natija.
- Foydalanilgan adabiyotlarOdatda 30–50 manba.
- IlovalarJadvallar, hujjatlar, anketalar.
Bitiruv malakaviy ishi (BMI) — rasmiylashtirish talablari
| Qog'oz | A4, bir tomonlama |
|---|---|
| Shrift | Times New Roman, 14 pt |
| Qatorlar oralig'i | 1,5 interval |
| Hoshiyalar | chap 3 sm, o'ng 1,5 sm, yuqori va past 2 sm |
| Xatboshi | 1,25 sm, matn eni bo'yicha tekislangan |
| Sahifa raqami | pastda o'rtada; titul varag'iga raqam qo'yilmaydi, lekin sanaladi |
Bu ko'pchilik OTMlarda qabul qilingan talablar. Kafedrangizning uslubiy ko'rsatmasi boshqacha bo'lsa, o'shaniki ustun turadi.
Savollar va javoblar
BMI qancha vaqtda tayyor bo'ladi?
Tayyorlash avtomatik, lekin ish katta, shuning uchun kurs ishidan ko'proq vaqt oladi. Tayyor bo'lgach fayl Telegram'ga yuboriladi.
To'lashdan oldin ko'rsam bo'ladimi?
Ha. Muqova, to'liq mundarija va kirish qismi bepul beriladi.
Rahbar tasdiqlagan rejam bor — shunga mos bo'ladimi?
Ha. Rejangizni kiritasiz, sun'iy intellekt uni tahlil qilib, kerak bo'lsa aniqlashtiruvchi savollar beradi.
Fayl qaysi formatda beriladi?
Word (DOCX). Tayyor bo'lgandan keyin 24 soat ichida ilova ichida bir marta tahrirlash mumkin.
Mavzu tanlay olmayapsizmi? Fanlar bo'yicha tayyor mavzular ro'yxatini ko'ring →
Bitiruv malakaviy ishi (BMI) — buyurtma qilish
Mavzuni yozing — qolganini OsonTopshir bajaradi.