Titul varag'i (yuzi) yaratish — bepul
Kurs ishi, mustaqil ish, referat yoki BMI uchun titul varag'ini bir daqiqada tayyorlang. Ma'lumotlarni kiriting — Word (DOCX) fayl yuklab olinadi. Ma'lumotlaringiz serverda saqlanmaydi.
Format: A4, Times New Roman 14 pt, hoshiyalar chap 3 sm, o'ng 1,5 sm, yuqori va past 2 sm. Kafedrangiz boshqa talab qo'ysa, faylni Word'da tahrirlang.
Titul varag'i nima va nimalardan iborat
Titul varag'i (yuzi) — ishning birinchi sahifasi. Unda vazirlik va OTM nomi, fakultet, kafedra, fan, ish turi va mavzusi, bajaruvchi va ilmiy rahbar, shahar va yil ko'rsatiladi. Titul varag'iga sahifa raqami qo'yilmaydi, lekin sanaladi.
Tayyor ishning o'zi kerak bo'lsa — kurs ishi, mustaqil ish yoki referat tayyorlash xizmatimizdan foydalaning: titul varag'i, mundarija va kirish qismi to'lashdan oldin bepul ko'rsatiladi.