1. Xizmat haqida
🎓 1. XIZMAT HAQIDA
1.1. OsonTopshir talabalarga o'quv jarayonida yordam berish maqsadida ishlaydi: mavzu bo'yicha material tayyorlaydi, matn bilan ishlashga, konspekt tuzishga, misol yechishga va taqdimot yaratishga ko'maklashadi.
1.2. Bot chiqaradigan material — tayyor topshiriq emas, xomaki material (qoralama). U o'rganilishi, tekshirilishi va zarur bo'lsa tahrirlanishi kerak.
1.3. Bot o'qituvchi, ilmiy rahbar yoki mutaxassis o'rnini bosmaydi. Material ilmiy, tibbiy, huquqiy yoki moliyaviy maslahat sifatida ishlatilmaydi.
1.4. Materialdan qanday foydalanish — foydalanuvchining shaxsiy qarori va mas'uliyati. Ta'lim muassasasining ichki qoidalariga (plagiat, AI vositalaridan foydalanish, mustaqil ish talablari) rioya qilish foydalanuvchi zimmasida.
1.5. Xizmatdan 16 yoshdan katta shaxslar foydalanishi mumkin.
2. Ma'lumotlaringiz
🔒 2. MA'LUMOTLARINGIZ
2.1. Saqlanadigan ma'lumotlar:
• Telegram ID, ism, username — hisobingizni tanish uchun
• Interfeys tili
• Tug'ilgan sana — ixtiyoriy, sovg'a uchun
• Akademik profil (F.I.Sh., OTM, fakultet, yo'nalish, guruh, kafedra, ilmiy rahbar, shahar) — faqat siz kiritsangiz, muqova varag'i uchun
• Buyurtma tafsilotlari: fan, mavzu, hajm, til
• To'lov tarixi: summa va sana
• Imtihon jadvali — faqat siz kiritsangiz
• Qo'llab-quvvatlashga murojaatingiz va javobimiz
• Tayyor hujjatlaringizning fayl identifikatorlari
2.2. SAQLANMAYDIGAN ma'lumotlar:
❌ Karta raqami, CVV, parollar, bank ma'lumotlari
❌ Telefon raqami, manzil, pasport yoki JSHSHIR
❌ AI vositalariga yuborgan matningiz va rasmlaringiz — natija qaytarilgach saqlanmaydi
❌ Telegramdagi yozishmalaringiz
❌ Geolokatsiya, kontaktlar, qurilma ma'lumotlari
2.3. Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxsga SOTILMAYDI, IJARAGA BERILMAYDI va reklama uchun uzatilmaydi. Hech qachon.
2.4. Xizmat ishlashi uchun texnik hamkorlar: Telegram (platforma), OpenAI (matnni qayta ishlash), Click/Payme (to'lov). Ismingiz va Telegram ID'ingiz OpenAI'ga yuborilmaydi — muqovadagi shaxsiy ma'lumotlar hujjatga bizning serverimizda qo'yiladi. «Maqola chop etish» xizmatida maqola fayli va muallif ma'lumotlari hamkor jurnal tahririyatiga faqat shu buyurtmadagi alohida roziligingiz bilan uzatiladi.
2.5. Ma'lumot faqat vakolatli davlat organining qonuniy talabi bo'yicha berilishi mumkin.
2.6. Tayyor hujjatlar yopiq xizmat arxivida nusxada saqlanadi — fayl yo'qolsa sizga qayta yuborish uchun.
2.7. Ma'lumotlar hisobingiz faol bo'lgunicha saqlanadi. Istalgan vaqtda nusxasini olish, tuzatish yoki hisobni butunlay o'chirishni so'rashingiz mumkin — 7 ish kuni ichida bajariladi.
2.8. Xizmat administratori sizdan hech qachon Telegram kodi, parol yoki karta ma'lumotini so'ramaydi. Kimdir so'rasa — bu firibgarlik.
3. Ishni qabul qilish va to'lov
⏳ 3. ISHNI QABUL QILISH VA TO'LOV
3.1. Tayyor ish yetkazilgandan so'ng 3 (uch) kalendar kun ichida uni ko'rib chiqishingiz kerak.
3.2. Kamchilik topsangiz — qo'llab-quvvatlash orqali aniq ko'rsatib yozing (qaysi qism, nima noto'g'ri). Asosli bo'lsa bepul tuzatamiz yoki pulingizni qaytaramiz.
3.3. 3 kun o'tgach ish qabul qilingan hisoblanadi va keyingi da'volar ko'rib chiqilmaydi.
3.4. Kamchilik HISOBLANMAYDI:
✖️ mavzu yoki talablarni noto'g'ri kiritish
✖️ topshirgandan keyin talablarning o'zgarishi
✖️ o'qituvchi qo'ygan baho
✖️ plagiat/AI-detektor natijasi — biz hech qanday foizni kafolatlamaymiz
✖️ uslub yoki did masalasi
3.5. Texnik nosozlik tufayli ish yetkazilmasa, pul avtomatik qaytariladi.
3.6. To'lov oldindan: balans to'ldiriladi, buyurtma shundan yechiladi. Har xizmat narxi tasdiqlashdan oldin aniq ko'rsatiladi.
3.7. Bonus, cashback va referal mablag'lari — rag'bat; ular naqd pulga almashtirilmaydi.
3.8. Buyurtma bajarilgach «fikrim o'zgardi» asosida pul qaytarilmaydi.
4. Taqiqlar va javobgarlik
⚠️ 4. TAQIQLAR VA JAVOBGARLIK
4.1. Qat'iyan taqiqlanadi:
• Xizmat shablonlari, generatsiya mantiqi, promptlari, dizayn andozalari yoki interfeysini nusxalab, ular asosida o'z xizmatingizni ochish yoki tarqatish
• Botni teskari muhandislik qilish, avtomatlashtirilgan skriptlar bilan so'rov yuborish, himoyani chetlab o'tish
• Begona hisobdan yoki boshqa shaxs nomidan foydalanish
• Qonunga zid, haqoratli yoki uchinchi shaxs huquqlarini buzuvchi material tayyorlash
• Natijalarni o'z nomingizdan tijorat maqsadida qayta sotish
4.2. OGOHLANTIRISH. Botdagi shablonlar, generatsiya usullari, promptlar va dizayn andozalari — muallifning intellektual mulki, O'zbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi Qonuni bilan himoyalangan.
Ularni ruxsatsiz nusxalash, tarqatish yoki ular asosida yangi xizmat yo'lga qo'yish ma'muriy va fuqarolik javobgarligiga, zarar katta bo'lganda esa jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Bunday holat aniqlanganda hisob darhol bloklanadi va zarar sud tartibida undiriladi.
4.3. Bu bo'lim buzilganda hisob ogohlantirishsiz bloklanadi, balansdagi mablag' qaytarilmaydi.
4.4. Biz javobgar emasmiz: olingan baho yoki OTM qarori uchun; materialdan qanday foydalanilgani uchun; Telegram, to'lov tizimlari yoki internet uzilishlari uchun; hisobingizni himoya qilmaganingiz oqibatlari uchun. Har qanday holatda javobgarligimiz shu buyurtma uchun to'langan summa bilan cheklanadi.
4.5. Siyosat yangilanishi mumkin — muhim o'zgarishda qayta rozilik so'raymiz.
4.6. Nizolar muzokara yo'li bilan, kelishilmasa O'zbekiston Respublikasi sudlarida hal qilinadi.
📢 Bog'lanish: bot ichidagi «Yordam» yoki @oson_topshir
© Nazarbek Qobulov. Barcha huquqlar himoyalangan.