Kurs ishi tayyorlash
Mavzu, fan va hajmni kiritasiz — OsonTopshir reja tuzib, kurs ishini to'liq tuzilmasi bilan Word (DOCX) faylda tayyorlaydi. To'lashdan oldin muqova, mundarija va kirish qismini bepul ko'rasiz.
✓ Muqova, mundarija va kirish — to'lovdan oldin bepul
Kurs ishi — narxi
| Hajm | Narx |
|---|---|
| 20–29 bet | 59 000 so'm |
| 30–39 bet | 69 000 so'm |
| 40–49 bet | 79 000 so'm |
Hajm odatda 25–40 bet. OsonTopshir'da 20 dan 49 betgacha tanlash mumkin.
Kurs ishi — namuna
Kurs ishi — titul varag'i (yuzi) namunasi
Titul varag'ining birinchi sahifasi. Kvadrat qavs ichidagi joylarga o'z ma'lumotlaringizni yozasiz — OsonTopshir buni buyurtmadagi ma'lumotlardan o'zi to'ldiradi.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
[Oliy ta'lim muassasasi nomi]
[Fakultet nomi]
[Kafedra nomi]
«[Fan nomi]» fanidan
KURS ISHI
[Ish mavzusi]
- Bajardi:
- [guruh] guruh talabasi [F.I.Sh.]
- Ilmiy rahbar:
- [ilmiy daraja, F.I.Sh.]
[Shahar] — 2026
Kurs ishi qanday yoziladi: tuzilmasi
- Titul varag'iOTM, fakultet, kafedra, fan, mavzu, bajaruvchi va ilmiy rahbar.
- MundarijaBarcha bob va bo'limlar sahifa raqamlari bilan.
- Kirish (2–3 bet)Mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalar, tadqiqot obyekti va predmeti, ishning tuzilishi.
- I bob — nazariy qismMavzuning nazariy asoslari, tushunchalar, olimlarning qarashlari. Odatda 2–3 bo'lim.
- II bob — amaliy yoki tahliliy qismTahlil, misollar, jadval va hisob-kitoblar. Ba'zi ishlarda III bob ham bo'ladi.
- Xulosa (2–3 bet)Har bir vazifa bo'yicha qisqa natija va takliflar.
- Foydalanilgan adabiyotlarOdatda 15–25 manba: qonunlar, darsliklar, maqolalar, internet manbalar.
- IlovalarKatta jadval, rasm va hujjatlar (zarur bo'lsa).
Kurs ishi — rasmiylashtirish talablari
| Qog'oz | A4, bir tomonlama |
|---|---|
| Shrift | Times New Roman, 14 pt |
| Qatorlar oralig'i | 1,5 interval |
| Hoshiyalar | chap 3 sm, o'ng 1,5 sm, yuqori va past 2 sm |
| Xatboshi | 1,25 sm, matn eni bo'yicha tekislangan |
| Sahifa raqami | pastda o'rtada; titul varag'iga raqam qo'yilmaydi, lekin sanaladi |
Bu ko'pchilik OTMlarda qabul qilingan talablar. Kafedrangizning uslubiy ko'rsatmasi boshqacha bo'lsa, o'shaniki ustun turadi.
Savollar va javoblar
Kurs ishi qancha vaqtda tayyor bo'ladi?
Tayyorlash avtomatik, muddati hajm va navbatga bog'liq. Tayyor bo'lishi bilan fayl Telegram'ga yuboriladi — kutib o'tirish shart emas.
Qaysi tillarda tayyorlanadi?
O'zbek, rus, ingliz, qozoq, turk, tojik va qoraqalpoq tillarida.
To'lashdan oldin ko'rsam bo'ladimi?
Ha. Buyurtma berayotganda kurs ishining muqovasi, to'liq mundarijasi va kirish qismini bepul olasiz. Yoqsa, to'lab qolgan qismini olasiz.
Fayl qaysi formatda beriladi?
Word (DOCX). Tayyor bo'lgandan keyin 24 soat ichida uni ilova ichida bir marta o'zingiz tahrirlashingiz mumkin.
Rejani o'zim bersam bo'ladimi?
Ha. Rejani sun'iy intellekt tuzishi yoki bob va bo'limlarni o'zingiz kiritishingiz mumkin.
Antiplagiatdan o'tadimi?
Matn har safar sizning mavzuingiz bo'yicha yangidan yoziladi, tayyor bazadan ko'chirilmaydi. Lekin natija qoralama: topshirishdan oldin o'qib chiqib, o'zingizga moslashtiring. Tekshirish uchun alohida antiplagiat xizmati ham bor.
Mavzu tanlay olmayapsizmi? Fanlar bo'yicha tayyor mavzular ro'yxatini ko'ring →
Kurs ishi — buyurtma qilish
Mavzuni yozing — qolganini OsonTopshir bajaradi.